Jurnalistlar kengashlar tarkibiga kiritiladi

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 20 yanvar kuni imzolangan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanmoqda. Kodeks ichki ishlar organlari xodimlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida  tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishishga qaratilgan.

Ushbu hujjat ijrosi doirasida ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimini yaratish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarida jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblangan jamoatchilik kengashlari tuziladi. Kengashlar tarkibiga soha olimlari, faxriylar, shuningdek, jurnalistlar ham kiritiladi.

                X. Pardayev,

IIB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan