Maktabga e`tibor – kelajakka e`tibor demakdir!

Inson odob-axloq va ilm-u ma’rifat ko‘magida yuksak martabalarga erishadi. Buning uchun unga ilk saboqni bergan o‘qituvchisi va maktabining o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak har birimiz o‘zimiz tahsil olgan jonajon maktabimizga oshiqamiz.

 Bolalikdagi xotiralar tiniq va beg‘ubor bo‘ladi. Unga bir umr qayta-qayta murojaat qilaveramiz. Yangilanayotgan O‘zbekistonimizda boshqa sohalar qatori ta’lim va tarbiya tizimi ham tubdan o‘zgarmoqda. Muhtaram Prezidentimizning xayrli tashabbuslari bilan maktablarga va u yerda tahsil olayotgan yoshlarimizning ma’naviy kamolotlariga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. E’tiborli jihatlardan biri shundaki, maktablarimizda kitobxonlik madaniyati shakllantirilib, kutubxonalar badiiy adabiyotlar bilan boyitilayapdi. Qumqo‘rg‘on tuman hokimligida tuman hokimi A.Normamatov, sektor rahbarlari hamda maktab direktorlari  ishtirokida tumanimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Har bir oila, har bir bola hayoti  maktab bilan bog`langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishidir,-deya ta’kidladi tuman hokimi Anvar Normamatov.Yig`ilishda maktab direktorlariga  bitiruvchilarning oliy ta`lim muassasasiga  kirishi, har bir maktab reytingini hamda  shu asosda ta`lim sifati bo‘yicha  maktablar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab maktab direktorlari va o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar faoliyatiga baho beriladi.

Zero, kelajak bugundan boshlanadi.

Rayhon  Mengziyayeva