OSHQOZON YARASI SABABLARI

Hozirgi vaqtda oshqozon yarasi Helicobacter pylori bakteriyasi bilan zararlanishdan kelib chiqishi isbotlangan (75% hollarda). Bu bakteriya spiralsimon bo‘lib, oshqozonning agressiv muhitiga moslashgan va xlorid kislotasini neytrallashtirish qobiliyatiga ega. Ushbu bakteriyalar hayotiy faoliyati mahsulotlarining ta’siri ostida oshqozon shilliq qavatining hujayralari nobud bo‘ladi, bu esa oshqozon yarasining rivojlanishiga olib keladi.

Ushbu bakteriyani yuqtirib olish qiyin emas, manbai uning tashuvchisidir, u so‘lak, zararlangan ovqat va suv, dezinfektsiya qilinmagan tibbiy asboblar, iflos idishlar orqali, shuningdek onadan homilaga yuqadi.

Oshqozon yarasining rivojlanishiga olib keladigan boshqa sabablar orasida quyidagilarni ajratish mumkin:

•  Dori vositalarini qabul qilish. Birinchidan, kasallikning rivojlanishiga NYQP (aspirin, indometatsin, diklofenak, butadion, ketoprofen, ibuprofen) ta’sir ko‘rsatadi. Bemorning yoshi 65 yoshdan oshganida, shuningdek, me’da-ichak yo‘lidan qon ketish hollari aniqlangan bo‘lsa, agar dorilarni katta dozalarda qabul qilish talab etilsa, agar davolash antikoagulyantlar yoki glyukokortikoidlarni qo‘llash bilan birga olib borilsa kasallanish xavfi ortadi. Yaralar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa dorilar orasida sitostatiklar, kaliy preparatlari va antigipertenziv dorilar mavjud;

•  Boshqa kasalliklar natijasi, jumladan sil, qandli diabet, Kron kasalligi, giperparatireoz, o‘pka saratoni, gepatit, jigar sirrozi, pankreatit, sifilis va boshqalar;

•  Oshqozon jarohatlanishi, qonning infekstiyalanishi, har qanday shok holatlari, tananing katta yuzalari kuyishi va muzlashi;

•  Stress, yomon oziqlanish, yomon odatlar, beqaror hissiy holat. Shu jumladan, qahvani suiiste’mol qilish oshqozon yarasi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir;

•  Genetik omil, xususan, yaqin qarindoshlarda o‘xshash patologik jarayon mavjudligi. Bundan tashqari, birinchi qon guruhi bo‘lgan shaxslarda oshqozon yarasi hosil bo‘lish xavfi yuqoriroq ekanligi aniqlangan (o‘rtacha 40%ga).

•  Bemor parhezga amal qilish va taqiqlangan ovqatlarni iste’mol qilmasligi muhim ahamiyatga ega. Ochiq havoda uzoq sayr qilish, sanatoriylarda davolanish ham foydali. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, antisekretor dori-darmonlarning davomli kursi belgilanishi mumkin.

•  Agar oshqozon yarasining uch yil yoki undan ortiq vaqt davomida hech qanday kuchayishlari kuzatilmasa, kasallikning to‘liq remissiyasi haqida gapirish mumkin.

•  Tuzalib ketish prognoziga kelsak, bu kasallik o‘z vaqtida aniqlanganida ijobiy bo‘ladi. Shuningdek adekvat terapiya va kerak bo‘lganda bemorning jarrohlik aralashuviga roziligi ham muhim o‘rin tutadi. Kasallik asoratlarni keltirib chiqarganda prognoz salbiy bo‘ladi.

Bundan tashqari, kasallik aniqlanib bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi darajali profilaktika choralari ham mavjud. Ular kasallikning takrorlanish holatlarining oldini olish va uning asoratlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Buning uchun davolovchi shifokor bilan muntazam ravishda uchrashib turish va uning tavsiyalariga amal qilish muhimdir. Kasallikning kuchayishida, ayniqsa bahor va kuzda terapevtik kurslarni o‘tash kerak.

    Shahnoza Rahmonova,

Qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomirlar kasalliklar markazi katta hamshirasi