PLASTIK KARTASIDAN NAQD PUL CHIQMADI

Zamonaviy qonunchilikda fuqarolarning huquqlari muhofaza qilingan. Fuqarolar buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun tegisjli tashkilotga og‘zaki, yozma va elektron tarzda murojaat qilishi mumkin. Qumqo‘rg‘on tuman Xo‘jaqishloq mahallasi Ma`rifat ko‘chasi 92-uyda yashovchi Dostonov Baxrom Abdivayitovich Qumqo‘rg‘on tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat etib o‘zi va oilasining manfaatdorligiga erishdi.

U plastik kartasini Qumqo‘rg‘on tuman Xalq banki BXMning bankamatiga kiritib tegishli so‘rovlarni bajarganida naqd pul chiqmadi. Qumqo‘rg‘on tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari og‘zaki murojaatga ko‘ra 2024 yil 26 fevralda № 05 i/ch-sonli buyruq chiqarib, holatni o‘rgandi. Iste`molchi ishtirokida o‘rganish o‘tkazilganda haqiqatan ham Xalq banki BXMning bankamatiga plastik kartasini kiritib pul yechmoqchi bo‘lganida tizimda nosozlik yuz bergan, plastik kartadan pul yechilsada naqd pul chiqmagan. Tuman Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlarining aralashuvi natijasida bu iste`molchining plastik kartasiga noto‘g‘i yechib olingan pul mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta`minlandi.

                   B. BO‘RIYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman IHHQJ bosh hisobchisi

        S. MARDANAQULOV,

Qumqo‘rg‘on tuman IHHQJ Huquqiy himoya mutaxassisi