TIBBIYOT SOHASIDA AYOLLAR MADHI

Tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiyot xodimlarining xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan anjumani o‘tkazildi. Tadbir 11-bolalar musiqa va san`at maktabining Konsert zalida bo‘ldi. So‘z ustasi, tuman tibbiyot birlashmasi ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Abdurasul Cho‘liboyev shifokorlar va hamshiralarni qutlug‘ bayram bilan tabriklab, tarixda ayollarning hayoti, zamonamizda xotin-qizlarga berilgan erkinliklari va huquqlarining himoyada ekanligi haqida gapirdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Musayev, kasaba yushmasi qo‘mitasi raisi Dilshoda Shoyimqulova, bosh hamshira Nigora Uroqova, shifokorlar Jamila Tojiyeva, Mehriniso Nuraliyeva qalb gulshaning muattar iforlari, aql daryosining javohirlari xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Mazmunli she`rlar aytib barchaga xursandchilik bag‘ishladi. Insonlar salomatligini muhofaza qilish, davolashda faollik  namunalarini ko‘rsatayotgan bir guruh tibbiyot xodimlariga estalik sovg‘alari topshirildi.

                                                                                               N. MUHAMMADIYEV