Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kreditni undirish bo’yicha sud qarori chiqarilganda foiz va neustoyka hisoblash to’xtatiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O’RQ-914-son, 27.02.2024 y.) ayrim qonun hujjatlarga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritildi

🔰Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra:

📜 Agar amalga oshirilgan to’lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

🔹asosiy qarz bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik va muddati o’tgan foiz to’lovlari mutanosib ravishda;

🔹joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bo’yicha qarzdorlik;

🔹neustoyka (jarima, penya);

🔹kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlari.

🚫Shuningdek, kredit bo’yicha qarzdorlikni undirish to’g’risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko’rsatilgan, kredit bo’yicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to’xtatiladi.

🔍 Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so’mdan 100 million so’mgacha oshirildi.

📌Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bandixon tuman adliya bo’limi boshlig’i                              Xurramov Rustam

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O’RQ-915-son, 27.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi

🔰Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga bunday yordam ko’rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar bo’yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta’minlash tartibini belgilashga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

✔️ Jumladan:

🔹Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra:

🔍 Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko’ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko’rishi shart.

⏰ Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.

🔹Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko’ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko’rishi shart.

📌Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇

Bandixon tuman adliya bo’limi boshlig’i                              Xurramov Rustam