Yoshlar kelajagimiz

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini  “Yoshlar  va biznesni qo‘llab – quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi  to‘g‘risida Muhtaram  Yurtboshimizning farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni 2024 yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “Yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan  yuqori iqtisodiy o‘sish sur`atlarini ta`minlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish  standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish lozim. 2024 yil 1 martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste`dodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta`lim tashkilotlari rahbarlariga biriktirildi. Har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta`minlash,  hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashiladi. 2024 yil 1 martdan boshlab “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yoshlarni chet tillarini va kasb-hunarga o‘qitish maqsadlariga yo‘naltirish amaliyoti  yo‘lga qo‘yiladi. Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha  “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushiriladi va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

                     Anvar NORMAMATOV,

             Qumqo‘rg‘on tumani hokimi