Sho’rchi tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, ulani iste’dodini qo‘llab-quvvatlash masalalari qamrab olingan bo‘lsa, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda hokimiyat boshqaruvi organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga oid boshqa ijtimoiy munosabatlar tartibga solingan. Globallashuv jarayonlari shiddat bilan rivojlanib borayotgan va zamon talablari va iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida bugungi yoshlar talab va ehtiyojlarini o‘rganib, yangidan yangi imtiyozlar va shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mamlakat Prezidentining shaxsan ishtiroki va yoshlarga otalarcha g‘amxo‘rligi barcha bo‘g‘indagi vazirlik, idora, tashkilotlar rahbar va mas’ul xodimlari, davlat xizmatchilari uchun shaxsiy namunadir. Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki bo‘g‘inida tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurollik Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024 yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bsoqichga olib chiqish va faoliyat natijadorligini oshirish borasida bir qator vazifalar belgilandi, huquq-tartibot va mudofaa organlariga  Respublika miqyosida 4 million yoshlar birikirilib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi. Yoshlar bilan ishlash sohasidagi ushbu muhim vazifani bajarishda huquq-tartibot va mudofaa organlarini mas’ul etib belgilanishidan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonning ertangi kuni hisoblanuvchi yoshlarda vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat kabi ezgu tuyg‘ularni shakllantirishga strategik va taktik masala sifatida alohida e’tibor qaratilayotganli, bu borada samarali natijalarga erishishga yangicha yondashuv va zamon talabining ortib borayotganligidir.

Sho’rchi tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Ibn-Sino va Laylakxona mahallsida yoshovchi yoshlar bilan mahallasida yoshlar bilan uchrashib ularning muammolari o’rganilmoqda.