Qumqo‘rg‘on tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari Tangirov Otabek Xurramovichning Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida fuqarolar, tadbirkorlar va soha mutaxassislariga MUROJAATI

Hurmatli yurtdoshlar, tadbirkorlar va Sanitariya-epidemiologiya mutaxassislari!

Barchamizga ma`lumki, mamlakatimizning rivojlanishi va dunyo hamjamiyatida muhim o‘rin tutishida korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilinayotgan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma`muriy islohotlar misolida ko‘rish mumkin. Tahlillarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali va ta`sirchan yo‘li bu faoliyatning har bir bosqichida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikning ta`minlanishidir.

Qumqo‘rg‘on tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida ham ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta`minlash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan:  1. Korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmasi tashkil etildi.

2. Bo‘limning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va shu kabi 11 ta idoraviy hujjatlar xalqaro standartlarga mos ravishda qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi.

3. Korrupsion holatlar haqida ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va “Ishonch telefoni” orqali uzluksiz xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

4. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirish masalalari, xodimlarning odob-axloq qoidalari mavzularida o‘quv seminar va davra suhbatlari tashkil etildi.

5. Davlat xizmatchisi sifatida xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat munosabatlarida lavozim majburiyatlari doirasida tuzilgan mehnat shartnomalariga o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, o‘z vakolatlarini suiste`mol qilmaslik yuzasidan qator majburiyatlar kiritildi.

6. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ro‘yxati, ayrim funktsiyalar bo‘yicha xavf-xatarlarning birlashgan xaritasi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarga eng ko‘p duch keladigan xodimlar faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari ro‘yxati, korruptsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib ijroga qaratildi.

7. Sohada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar haqidagi ma`lumotlar muntazam ravishda OAV va rasmiy veb-saytlarda yoritib kelinmoqda.

8. Ishga qabul qilish jarayonlari ochiq, oshkora va shaffof tizimlar orqali tanlovlar asosida amalga oshirish tizimi yanada takomillashtirilmoqda.

9. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari” mavzusidagi maxsus o‘quv-kurslarida ishtiroki ta`minlandi. Bo‘limda muntazam ravishda profilaktik davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Qumqo‘rg‘on tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan qonun buzilishiga doir holatlar yoki ijtimoiy soha obyektlarida, xususan, davolash-profilaktika hamda maktab va maktabgacha ta`lim muassasalarida, shuningdek Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, jumladan, ruxsatnomalar va mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa olish jarayonida korrupsion va noqununiy harakatlar sodir etilsa (ko‘rsangiz, sezsangiz va guvoh bo‘lsangiz) bo‘limning 76-46-52-008, 76-46-52-457, 76-46-52-482 –raqamli telefon hamda qisqa 1354 aloqa tizimi orqali xabar berishingizni so‘raymiz!

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Ishonch telefoni” 76-46-52-008 orqali qabul qilish haftaning dam olish kunlaridan (yakshanba) tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi. Unda fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek, sohaga doir sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin. Agar berilayotgan ma`lumotlar sanitariya-epidemiologiya faoliyatiga aloqador bo‘lmasa, u holda mas`ul xodim tomonidan ariza (murojaat) muallifining so‘rovi yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi. Murojaatlar anonimligi va qo‘ng‘iroq egasi tomonidan berilgan ma`lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaat o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinadi hamda qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda ko‘rib chiqiladi.

Albatta, Qumqo‘rg‘on tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik hamda idoraviy hujjatlarga, shuningdek, kasbiy odob-axloq qoidalariga qat`iy rioya etgan holda, mazkur korrupsiyaga qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlaydi va sohaning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlari hamda idoraviy hujjatlari ijrosini so‘zsiz bajarishda shaxsiy namuna ko‘rsatishadi.

Bo‘limga bog‘lanish uchun: telefon raqam:

76-46-52-657

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi:

76-46-52-008

Murojaatlar bo‘limi: 76-46-52-457

Qo‘shimcha ravishda 1354 qisqa raqam

Veb sayt – https://qumqorgonseo.uz/

Telegramm – https://t.me/qumqorgonsanepid