Sportning “TAEKWONDO WT” turibo‘yicha viloyat prokurori kubogi

«Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida Surxondaryo viloyati prokurorining sovrini uchun sportning “TAEKWONDO WT” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan 6 ta vazn bo‘yicha 350 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar viloyat prokurorining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.