OLIY HARBIY TA`LIM MUASSASALARI VA TEMURBEKLAR MAKTABLARIGA O‘QISHGA MARHAMAT

O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta`lim muassasalariga hamda “Temurbeklar maktablari”ga 2024 yilda oqishga kirish uchun saralash va tanlov ishlari boshlandi. 2024 yil 1 fevral kunidan 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘ladigan, shuningdek, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar tarkibi harbiy unvonlarga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan quyidagi ta`lim muassasalariga qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi; Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti; O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti; O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti (avvalgi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti); O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi; 26 yoshgacha bo‘lgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiyali “Davolash ishi” 5-kursida tahsil olayotgan talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy-tibbiyot akademiyasi; 26 yoshgacha bo‘lgan muhandislik-texnik ta`lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta`lim muassasalari hamda O‘zbekiston Raspublikasi Jahon tillari universitetining uchinchi bosqichini tamomlagan talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Axborot-kommunikatsiya texnologoyalari va aloqa harbiy institutiga o‘qishga kirish mumkin.

2024 yil 1-aprel sanasidan 9-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar orasidan Mudofaa vazirligi Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi, Mudofaa vazirligi Xorazm Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyi, Toshkent Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi Shahrisabz harbiy akademik litseylariga hamda Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi Termiz “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik lirseyiga o‘qishga kirish uchun imkoniyat mavjud. O‘qishga kirish istagini bildirganlar tuman Mudofaa ishlari bo‘limiga murojaat etishlari so‘raladi.

                                                                                                                                                                      U. DODOYEV,

                                                                               Qumqo‘rg‘on tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, mayor