So’nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning to’laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ijtimoiy iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, shuningdek, tazyiq va zo’ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.
Parlamentda xotin-qizlar soni BNIT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlik sohasida 25 foizga, siyosiy partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 46 foizga yetdi.
«Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 07-martdagi PF-87-sonli farmonini qabul qilindi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo’linmalari tashkil etildi, yangi Bosh vazir o’rinbosari lavozimi joriy etilib, u mazkur qo’mita raisi hisoblanishi belgilandi.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo’yicha respublika komissiyasi, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo’yicha hududiy komissiyalar tashkil etildi.
Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki tizimida rahbar xotin qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha o’rinbosari lavozimi joriy etildi.
O’zbekistonda «2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar» doirasida ustuvor maqsadlardan biri sifatida «Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» belgilangan.
Ushbu maqsadga erishish uchun xotin-qizlarning o’zhuquq va manfaatlarini ijtimoiy iqtisodiy sohada amalga oshirishida ularni qo’llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi dasturlarni kengaytirish talab etiladi.
2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo’yicha Milliy dastur (keyingi o’rinlarda — Milliy dastur) xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi.
Milliy dastur O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida«, «Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida», «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining «2030 yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida»gi qarori, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi qoidalar va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan.
Milliy dasturda xotin-qizlarning huquqlariga inson huquqlarining ajralmas bo’lagi sifatida qaraladi hamda u «lnson qadri uchun» tamoyilidan kelib chiqqan hołda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
Milliy dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi xotin-qizlarning jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida teng huquqlar asosida to’laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Milliy dasturning maqsadi xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatin iyuksaltirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarinit łakomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta’ minlashdan iborat.
Bundan tashqari farmonda aliment to’lovchining boshqa ijro hujjatlari bo’yicha majburiyatlari mavjud bo’lganda, qarzdordan undirilgan mablag’lar aliment to’lovlari bo’yicha qarzdorlik to’liq qoplangandan so’ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va navbatda taqsimlanadi. Xuddi shu kabi, ijro harakatlari davomida qarzdorga solingan jarimalar va ijroharakatlarini amalga oshirish xarajatlari hamda aliment to’lovlaridan joriy qarzdorlik to’liq qoplangandan so’ng undiriladi;
aliment majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlab kelayotgan va qidiruvga e’lon qilingan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarni majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish, shuningdek, davlat ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda, ushbu manbalarda qidiruvdagi shaxslar va ularning mol-mulki to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgan fuqarolarga majburiy ijro va ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyati yaratiladi.
- aliment bo’yicha qarzdorlik mavjud bo’lganda qarzdorlik to’liq bartaraf etilguniga qadar: qarzdorning transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash; qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo’lgan davlat xizmatlarini vaqtincha ko’rsatmaslik;
- aliment bo’yicha qarzdorlik mavjudligini nikoli tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilash.
- Majburiy ijro byurosi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan hołda «Aliment to•lovlari» davlat maqsadli jamg’armasi tashkil etilsin va unga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 50 milliard so’m ajratilsin.
Belgilansinki,sud qarori bilan aliment to’lash majburiyati yuklatilgan shaxslardan belgilangan mablag’larni uch oy ichida undirish imkoni bo’lmagan hollarda (Aliment to’lovlari» davlat maqsadli jamg’armasi mablag’lari aliment to’lovlari bo’yicha shakllangan qarzdorlikni biryo’la to’lash uchun yo’naltiriladi hamda keyinchalik aliment to’lash majburiyati yuklatilgan qarzdordan sud qarori siz majburiy tartibda undirib olinadi.
Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash; cheł el fuqarosi O’zbekiston Respublikasi hududida aliment majburiyatlarini bajarmaganlik uchun sudlangan yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo’lsa, unga nisbatan O’zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va O’zbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash bo’yicha majburlov choralarini qo’llamaslik; ayolni o’zhomilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; yaqin qarindoshi bo’lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash;
Ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy yordamga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlagan shaxsga nisbatan haq to’lanadigan jamoat ishlariga yoki boshqa ishga majburiy jalb qilish tarzidagi ma’muriy huquq buzarlikka oid jazo turi belgilangan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on
tumanlararo sudi sudyasi F.X.Xidirov