OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN QOʻSHIMCHA KREDITLAR AJRATILADI

Vazirlar Mahkamasining 19.04.2023 yildagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 161-son qarori qabul qilindi.

 Prezidentning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023 yil 31 yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq 2023 yilda:

  • Davlat dasturi doirasida 2.8 trln so’m kredit mablag’ari 14 foiz stavkada ajratilishi belgilab quyilgan.

         Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish uchun mikrokreditlar miqdori 3 mln soʻmgacha oshiriladi. Ushbu mikrokreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.


Qumqo’rg’on tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi etakchi mutaxassisi Sh.Bo’ranova