FERMER XO‘JALIKLARI RAHBARLARI E`TIBORIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktabrdagi № 641-sonli qarori asosida “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘isida”gi 641-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nizomga asosan, 2024 yilda paxta urug‘chiligi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fermer xo‘jaliklari tanlov asosida urug‘chilik tizimiga kiritiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ariza va hujjatlar bo‘lim binosida 2024 yil 15 yanvardan 5 fevralga qadar har kuni 9.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov 2024 yil 16 fevral kuni soat 10:00 da tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun manzil: Yangi shahar mahallasi, O‘zbekiston shoh ko‘chasi