Vatanga sadoqat bolajonlar nigohida

Qumqo‘rg‘on  tumanidagi 21-MTTda 14-yanvar  –  Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmonlari jajji bolajonlarning quvnoq raqslari, she`ru qo‘shiqlaridan bahra olishdi.

Tadbirni tashkilot rahbari Rahimqulova Saodat  ochib berdi. So‘ng ta`lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining tayyorlagan bayram sahnalari namoyish etildi. O‘g‘il-qizlarning harbiy kuy-qo‘shiqlar sadosi ostidagi chiqishlari bolalar qalbida Ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat va faxr hissini uyg‘otishga turtki bo‘ldi.

Zero, kelajak avlodga jasoratni, Vatan himoyasiga bel bog‘lashni eng quyi ta`lim bosqichidanoq boshlashning ahamiyati katta.

            Norbibi Xalilova,

                musiqa rahbari