SAVODXONLIK BAYRAMI

Jajji bolajonlar to‘rt oydan ziyod vaqt muqaddam maktabga birinchi marta qadam bosib kelgan edilar. Bugun bilimlar mamlakatida sayr qilib yurishibdi. Bilimlar mamkatida bemalol yurish uchun esa harf tanimoq, o‘qishni va yozishni bilishi zarur.

Tumandagi 50-maktabda bilimlarni o‘rganayotgan shirin-shakar bolajonlarning savodxonlik bayrami o‘tkazildi. Ular maktabga ilk qadamlarini qo‘yishganida o‘qishni, yozishni bilmasdi, harflarni tanimasdi. Uztozining mashaqqatli mehnati tufayli savodlarini chiqarishdi. Savodxonlik bayrami tadbirida o‘quvchilar she`rlar aytishdi, qo‘shiqlar yangraganda raqslarga tushushdi. Jajji bolajonlarimiz mehribon ota-onasiga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo‘lib yetishsin. Bilimlarni chuqur egallasin. O‘z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo‘lishsin.

                                                                                    Bozorgul NORALIYEVA,

                               50-maktabning boshlang‘ish sinf o‘qituvchisi