Yoshlar turizm haftaligi

O‘quvchi va talabalarning qishki ta’til kunlarini maroqli o‘tkazishlari uchun 2024 yilning 1-10-yanvar kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yoshlar turizmi haftaligi” etib belgilangan.

Sayohat davomida o’quvchilar Termiz tumanidagi Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohida bo’lib, dastlab buyuk bobomiz qabrini ziyorat qilishdi. Shundan so’ng  viloyat markazidagi Arxeologiya muzeyiga sayohat uyushtirildi. U yerda o’quvchi o‘g‘il-qizlar yurtimiz tarixiga oid qadimiy eksponatlar bilan tanishib, zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.