O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va boshqa qonunlarga O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining, O‘zbekiston Respublikasining Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyaning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining nomlarini va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu Qonun agrar hamda mudofaa sanoati sohalaridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Manba: O‘RQ–898-son, 17.01.2024-y.

                                                                                                                        D.Xudoyqulova,

                                                                                           Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o‘zgardi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo‘yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Manba: O‘RQ-895-son, 12.01.2024 y.

                                                                                                                         S.Mengliqulov,

                                                      Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

          o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu Qonun bilan intellektual mulk obyektlarining himoya qilinishini tartibga soluvchi bir qator qonunlarga, shuningdek yuridik shaxslarni ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish va litsenziyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim qonunlarning moddalariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bundan tashqari “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida Ijtimoiy himoya yagona reestrida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari 50%li chegirma bilan ko‘rsatilishi belgilandi.

Qonunning qabul qilinishi intellektual mulk huquqlarining himoya qilinishini kuchaytirishga va ushbu sohada samarali markazlashtirilgan boshqaruv tizimini ta`minlashga, shuningdek davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Manba: O‘RQ-896-son, 16.01.2024-y.

                                                                                                                           F. Mamatov,

                                   Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh maslahatchisi