2023-YIL SARHISOBI

 Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasida tanlov g‘oliblari aniqlandi.

 Barcha javhalarda “2023-YIL SARHISOBI”  bo‘layotgani kabi viloyatdagi 20 ta bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasida ham ijtimoiy so‘rovnoma asosida “Eng namunali bolalar musiqa va san’at maktabi” hamda “2023-yilning eng tashabbuskor direktori” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.

 Mazkur tanlovda eng ko‘p ovoz bilan “Eng namunali bolalar musiqa va san’at maktabi” nominatsiyasiga Qumqo‘rg‘on tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi, “2023-yilning eng tashabbuskor direktori” nominatsiyasiga ham Qumqo‘rg‘on tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Hakimov Bozor Ergashovich tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritib viloyat Madaniyat boshqarmasining “TASHAKKURNOMA”si va qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandi.

                                                              Nasiba Saxibova,

Qumqo‘rg‘on tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quv-ma’rifiy  ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari