ELEKTR TA`MINOTI KORXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

Kuz faslining so‘nggi oyi noyabr kirib keldi. Ob-havo harorati kun sayin pasaymoqda. Aholi issiq kiyimlarini kiyib sovuqning ta`siridan saqlanmoqda. Ular ob-havo soviy boshlagach xonadonlarga kirib yashayapti. Xonalarda tungi vaqtlarda elektr chiroqlari yorug‘ligi bilan ta`minlansa, televizor ko‘rsatuvlari namoyish etilsa turmush kechirish charog‘on bo‘ladi.

Tuman ekektr ta`minoti korxonasi tomonidan 2023 yil 1 noyabr holatiga dasturlar doirasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Tumanda birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar doirasida jami 14 dona transformator punkti yangidan o‘rnatildi. 133 dona temir-beton tayanch o‘rnatilib, ishlar davom etmoqda. 0,785 km SIP2 kabel tarmog‘i, 0,4 km SIP4 kabel tarmog‘i o‘tkazildi. Bu ishlar mahallalar hududlarida bajarildi. Chukirli mahallasidagi ps O‘zbekiston-35/10kV f-1 TP-128 dan chiquvchi 0,4kV havo elektr uzatish tarmog‘iga 25 dona temir-beton tayanch yangidan o‘rnatilib, 0,785 km SIP2 va SIP4 kabel tarmoqlari tortildi. Guliston mahallasidagi TP-703 P=160kVA o‘rniga P=250kVA transformator punkti o‘rnatildi. Umid nihollari, Qarsaqli, Yangi shahar mahallalarida bir donadan 250kVA transformator punkti o‘rnatildi. Tibat mahalasida ham bir dona 250 kVA transformator punkti olib kelinib, o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. Arslonboyli, To‘g‘on mahallalarida bir donadan 100kVA transformator punkti o‘rnatildi. Mehrobod mahalasida bir dona 100kVA transfaormator punkti olib kelindi, o‘rnatish ishlari bajarilmoqda. Bo‘ston mahallasida bir dona 260kVA, Tayfang, Xalaki, Chukirli mahallalariga bir donadan 160kVA, Bobolochin, Gultepa mahallalariga bir donadan 400kVA transformator punkti qo‘yildi. Tayfang mahallasidagi ps Qumqo‘rg‘on-110/35/6kV f-2 TP-43 dan chiquvchi 0,4kV havo elektr uzatish tarmog‘iga 25 dona, shu mahalladagi TP-41 dan chiquvchi 0,4 kV havo elektr uzatish tarmog‘iga 23 dona, Arpapoya  mahallasidagi TP-576 dan chiquvchi 0,4kV havo uzatish tarmog‘iga 36 dona, Bobotog‘ mahallasidagi TP-1031 dan chiquvchi 0,4kV havo elektr uzatish tarmog‘iga 24 dona temir-beton tayanch yangidan o‘rnatilib, ishlar davom etmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning qarori bo‘yicha Istiqlol mahallasida 149 dona, Surxon sohili mahallasida 43 dona, Elobod mahallasida 154 dona, Yangi shahar mahallasida esa Jarqo‘rg‘on TETK tomonidan 52 dona yangi temir-beton tayanchi o‘rnatildi. Jami 12,3 km SIP2 va 8,2 km SIP4 kabel tarmoqlari o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Davlatsoy va Yuksalish (Chayontepa) mahallalarida jami 114 dona temir-beton tayanchlar qo‘yilib, ishlar davom etmoqda. 250kVA transformator punkti qo‘yiildi.

Viloyat hokimining qabuli davomidagi fuqarolarning murojaatiga asosan Ariqoshgan mahallasida 14 dona, Bobolocnin mahallasida 37 dona, Yangiyer mahallasida 5 dona, Imomtepa mahallasida 5 dona, Tayfang mahallasida 3 dona temir-beton tayanch o‘rnatildi. “O‘zbekgidroenergo” AJ mablag‘ri hisobidan 135 dona temir-beton tayanch, 1 dona transformator punkti olib kelinib, o‘rnatildi. 3,160 km SIP2 va 2,25 km SIP4 kabel tarmoqlari qo‘yildi. Shundan Boymoqli mahallasiga 50 dona yangi temir-beton tayanch o‘rnatish, 1,935 km SIP2, 1,2 km SIP4 kabel tarmoqlari tortish ishlari bajarildi. Yangi avlod mahallasida 36 dona, Yangiobod mahallasida 14 dona, Istiqlol mahallasida 2 dona temir-beton tayanch o‘rnatilib, ishlar davom etmoqda. Hunarmandlar mahallasiga 6 dona temir-beton tayanch olib kelindi. Bog‘aro mahallasida 27 dona temir-beton tayanch yangidan o‘rnatilib, 1,225 km SIP2, 1,05 km SIP4 kabel tarmoqlari tortilmoqda. Istiqlol mahallasiga bir dona 160kVA transformator punkti qo‘yildi, 2 dona yangi temir-beton tayanch o‘rnatilib, davom ettirilmoqda.

2023 yilda rejadagi 91,2 km -0,4 kV havo elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta`mirlash ishlari to‘liq bajarildi. Bunda salqi simlarni tortish, yaqinlashgan daraxt shoxlarini kesish, tayanchlarni to‘g‘irlash, tayanch tartib sonlarini yozish, tayanch atrofini tozalash, traverslarni to‘g‘irlash kabi ishlar bajarildi. -6-10kV havo uzatish tarmog‘ida ham rejalashtirilgan 59,0 km masofadagi ishlar to‘liq amalga oshirildi. Ta`mirlashda  PLND-10 larni sozlash, simlarni almashtirish, SHF-10 larni almashtirish, salqi simlarni to‘rtish, yaqinlashgan daraxt shoxlarini kesish, tayanchlarni to‘g‘irlash, tayanch tartib sonlarini yozish, tayanch atrofini tozalash, traverslarni to‘g‘irlash ishlari amalga oshirildi. Rejadagi 53 dona transformator punktlari mukammal ta`mirlandi. Xususan, buyash, bolt brikmlarini qotirish, atrofini tozalash, kuch transformatori, KTP, avtomat o‘chirgichlar, PLNDni ta`mirlash, dispechir nomlarini yozish, komutatsion simlarni almashtirish ishlari bajarildi. Hozir ta`mirlash ishlari uchun qo‘shimcha materiallarni oilb kelish davom ettirilmoqda. 

                                                                                                     X. RAMAZANOV,

                                                   Qumqo‘rg‘on TETK bosh muhandisi