QORAMOLLARNI TEKINGA BERISH OQIBATI

Xalqimizda “Bilmayin bosdim tikanni” degan gap bor. “Yangiavlod” mahallasida yashovchi T. A (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) uyida dehqonchilik va chorva mollari boqish bilan shug‘ullanardi.

 Yetishtirgan mahsulotlarini sotib, hayot kechirar edi. 2022 yil 13 yanvar kuni mahalladoshi M. R. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) uning 8 bosh qoramolini birvarakayiga sotib olmoqchi boldi. Odamning olasi ichida bo‘ladi deyishadi, mol egasi mahalladoshining firibgarlik qilishini qayoqdan ham bilsin. Uning 8 bosh qoramolini 88000000 so‘mga kelishib pullarni tez kunlarda beraman degan yolg‘on va`dasiga ishonib, aldandi. Mahalladoshi shu yil 1 iyul kuniga qadar pullarni olib kelib berishiga ishontirgandi. Mollarni olib ketgach 17 yanvar kuni chorvadorning uyiga kelib 5 million so‘m pulni berdi.  May oyida qoramol egasi nevarasini Toshkent shahriga operatsiya qildirish uchun olib borishga 2 million so‘m oldi. Qolgan 81 million so‘mni ololmay sarson bo‘ldi. Pullarni o‘z vaqtida berishga va`da qilgan firibgar muddat o‘tsada turli bahonalar bilan to‘lovni paysalga soldi. Oqibatda sudning qora o‘rindig‘iga o‘tirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi o‘z binosidagi ochiq sud majlisida qasddan sodir etilgan jinoyat ishini sudlanuvchi va fuqaroviy da`vogar ishtirokida ko‘rib chiqdi. Huquq himoyachilarning aralashuvi natijasida o‘zganing mulkiga aldash va ishonchni suiiste`mol qilish tufayli erishgan, yolg‘on ma`lumotlar bilan jabrlanuvchini yanglishtirgan fuqaro moddiy zararni to‘liq qopladi. Sud hukmiga asosan aybli deb topilib, ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilindi. Jazoni o‘tash muddati korxonada ish boshlangan kundan hisoblanishi belgilandi.

                                                         A.           XURRAMOV,

Qumqo‘rg‘on tumani prokurorining katta yordamchisi