O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq sportchilarga sport pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
sport pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning yangi tartibini belgilash;
sport pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish;
sport pasportining yangi shaklini tasdiqlash va ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun to‘lovlar miqdorini uch baravarga kamaytirish;
sport pasportining amal qilish muddatini 3 yildan 5 yilga uzaytirish;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport pasporti uchun to‘lovlarda 50 foiz miqdorida imtiyoz qo‘llash.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmati faqat davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ko‘rsatiladi.
3. Yoshlar siyosati va sport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
“ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimini YIDXP hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lovlar Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin;
S. Qudratov,
Davlat xizmatlari markazi direktori