G‘ALLA EKISH BO‘YICHA SEMINAR

Kuz fasli g‘allakorlar uchun mas`uliyatli palla. Ayni shu kunlardagi ob-havo harorati g‘alla ekish rejalashtirilgan maydonlarga baraka, risqiro‘z  urig‘ini ekishda uyushqoqlikni talab qilmoqda. Har bir kunning qadriga yetib vazifalarini sifatli bajarsa kutilgan hosilni yetishtirish uchun ishonchli qadam bosishadi.

Buni to‘g‘ri tushungan soha xodimlari g‘alla ekish ishlarini allaqachon boshladi. Tumanimizdagi  “Fayz Agro 555” fermer xo‘jaligida g‘alla ekish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda tuman hokimi A. Normamatov, Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F. Ismoilov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i R. Gapparov, sektor rahbarlari,  viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Agroinspeksiya va Karantin inspeksiyasi boshliqlari, tumandagi qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari  va klaster rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida yuz berayotgan ob-havo o‘zgarishlarini inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligi maydonlariga erta ishlov berish, ekin ekiladigan maydonlarni tayyorlash va g‘alla urug‘larini kechiktirmasdan ekish zarurligi ta`kidlandi. Yerga ishlov berish, urug‘ni to‘g‘ri tanlab ekish, to‘liq undirish hosilga hosil qo‘shishda zarur ishlar ekanligini dehqonlar yaxshi biladi. Ular mo‘l hosil yetishtirish maqsadida g‘alla ekish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

                                                                  O‘z muxbirimiz