“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshirildi

Qonunchilikka ko‘ra muntazam ravishda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oshirilib, unda jumladan quyidagilar nazarda tutiladi.

• Ta’lim tashkilotlarida yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakat qilish bo‘yicha batafsil uslubiy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

• Davlat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarda ish joylarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.

• Yong‘in xavfsizligi mavzusida semenarlar, ma’ruzular, mahorat darslari, tanlovlar va taqdimotlar o‘tkaziladi, aholi tarqatma materiallar bilan ta`minlanadi.

• Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakat qilish bo‘yicha batafsil qo‘llanmalar tarqatiladi, shuningdek mavzu bo‘shyicha maxsus sahifalar tashkil etiladi.

• Ommaviy axborot vositalarida yong‘inlarning oldini olish va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda harakat qilish mavzusida maqolalar, intervyular va maxsus ko‘rsatuvlar yo‘lga qo‘yiladi.

• Jamoat joylarida, ta’lim tashkilotlarida, ish joylarida va turar joy komplekslarida o‘t o‘chirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Hurmatli vohadoshlar! Yong‘indan ogohlik umummiliy kompaniyasi tadbiri davomida faol ishtirok etaylik.

                                                O‘. OQMURODOV,

Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, profilaktika va nazorat bo‘linmasi boshlig‘I, mayor