Narx-navoning sun`iy oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Oziq-ovqat mahsulotlarining arzon, sifatli va yetarliligi bugungi kunning eng muhim talabi va xalq roziligining asosiy omillaridan biridir.

Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari hamda Deportamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i tumanning markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorida bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi va narx-navo barqarorligini ta’minlash, narx-navoning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, qolipli non ishlab chiqaruvchi va un mahsulotini sotish faoliyati bilan shug’ullanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati ko‘zdan kechirildi va ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlarining narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.