Konstitutsiya, huquqiy ongimiz mezoni

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘ganish va bilish, aslida faqatgina inson o‘zining huquqlarini bilishi va anglashi emas. Har qanday mamlakat Konstitutsiyasi fuqarolarni, ular saylagan deputatlarining huquqiy ongi darajasini ifodalaydi. Shaxsning yoki ijtimoiy guruhning huquqiy ongida umuman huquq to‘g‘risidagi tasavvurlari, qonuniylik, odil sudlov, adolat singari hodisalar joy olgan. Shu bilan birga huquqiy ong va huquq o‘rtasida muayyan tafovvutlar ham mavjud.

Ular o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligi shunda ham ko‘rinadiki, bizga ma’lum bo‘lgan adabiyotlarning ko‘pchiligida, qator maqola va risolalarda huquqiy ong jamiyatda qabul qilinayotgan huquqiy me’yorlarning in’ikosi sifatida talqin etiladi. Ular shaxsning huquqiy ongi jamiyatdagi huquqiy me’yorlar, qonunlarning ta’siri ostida shakillanishi lozim. 

Shu bois har bir shaxs mamlakat Kostitutsiyasini to‘la anglagan holda,  qonunlar va huquqiy me’yorlarda, avvalo mamlakat Konstitutsiyasida shaxs va jamiyatning huquqiy ongi qanchalik to‘la aks ettirilganligini bilsa Konstitutsion Qonunlarimiz shunchalik hayotiy va samarali bo‘ladi.

Masalaning ikkinchi jihati ham bor. Konstitutsiya va Qonunlar demokratik jamiyatda va demokratiyaga intilayotgan mamlakatlarda alohida shaxs tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday jamiyatlarda fuqarolar mavjud Qonunlar, huquqiy me’yorlar va ularning amal qilishini o‘rganib, ularga faol munosabat bildirganlaridagina jamiyat mustahkam va kuchli bo‘ladi.

Endi Vatan to‘g‘risida ilmiy, ilmiy ommobop va badiiy adabiyotlarda yozilayotgan fikrlarga nazar tashlasak, ular Vatanni kindik qoni to‘kilgan joy, yurtning go‘zal tabiati, bog‘-u rog‘lari, paxtazorlari, o‘tmishi, qahramonlari timsolida ifodalanishiga guvoh bo‘lamiz.

                               Nargiza Qo‘chqorova,

Sho‘rchi tumani Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi