TEMIR YO‘LNING O‘TISH JOYIDAN O‘TING

Keyingi vaqtda temir yo‘ldan o‘tish qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yo‘l harakati hodisalari sodir bo‘lmoqda. Bu kabi ko‘ngilsiz va baxtsiz holatlarning oldini olish uchun yo‘l harakati qoidalarini bilish va amal qilish zarur. Transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish – eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

                                                  Davron Choriyev,

Qumqo‘rg‘on tuman MXMKGB inspektori, katta serjant