USTOZ-SHOGIRDLAR UCHRASHUVI

Tumandagi 33-maktabning pedagoglari 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktabda uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan kasbdoshlarini bayram tadbiriga taklif qildi. Pensionerlar Ravshan Xudoyqulov, Ibrohim Qoraxonov, Chori Suvonov, Abdusamat Xo‘jaqulov, Saodat Shoyimqulova, Gulchehra Boboyeva, Gulshod Suyunova, Salomat Mamadiyorova, Saodat O‘roqova, Ashirgul Xushnayeva, Shaxzoda Turdiyeva, Gulbahor Omonova, Malika Rahmonqulova, Bo‘rixol Kenjayeva qadrdon ta`lim muassasiga kelib, xursandchilik damlarini o‘tkazdi.

Musiqa fani o‘qituvchisi Nodira Mamashukurova qobiliyatli o‘quvchilar ishtirokida “Xotira aziz, qadr muqaddas” deb nomlangan tadbirni amalga oshirdi. Maktab direktori E. Ergashyev, pensioner boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari barchani bayram bilan qizg‘in tabrikladi. O‘quvchilar sahnaga chiqib harbiy-vatanparvarlik, mehribonlik haqida qo‘shiqlar ijro etdi. Milliy raqslarni namoyish qildi. Nuroniy pedagoglarga atab dasturxon yozildi. Uztoz-shogirdlar bayramni xursand o‘tkazdi.

                                                                                                         N. MUHAMMADIYEV