“ZAKOVAT” O‘YINIDA SOVRINDOR BO‘LDI

“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqasida munosib qatnashgan Qumqo‘rg‘on tumani 35-maktab jamoasi viloyat bosqichida sovrindor bo‘ldi. Boysun tumanining «Bibishirin» mahallasi hududida joylashgan turizm kompleksida umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual turnirining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari ishtirok etishdi. O‘yin qizg‘in va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qumqo‘rg‘on tumani 35-maktab jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlarga “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.