Tumanda “Yong‘in xavfsizligini ta`minlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik» tadbirlari ommaviy tarzda amalga oshirildi. “Besh qahramon” mahallasida joylashgan Savdo markazi hamda Dehqon bozori hududida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tegishli hamkor tashkilotlar tomonidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, mas’ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.
Shuningdek Savdo markazlari hamda tadbirkorlik subyektlarida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dolzarb 30 kunlik» tadbirlari haqidagi ko‘rgazmalar o‘rnatildi.