Ushbu tantanali ochilish marosimida tuman hokimi – tuman Ma`naviyat va ma`rifat Kengashi raisi Anvar Normamatov, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva hamda ma`naviyat fidoyilari qatnashdilar.
Tadbirni tuman hokimi Anvar Normamatov ochib berdi va so‘zi davomida Ma`naviyatning inson hayotida, har bir davlatning ijtimoiy rivojida qanchalik ahamiyatli ekanligi borasida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva so‘z oldi va har bir hududda Ma`naviyat maskani bo‘lishi kerakligini, Ma`naviyat insonning ichki dunyosi, ichki kuchi ekanligini eslatib o‘tdi.
Rasmiy ochilishidan so‘ng tumanimiz faollari hamda rahbarlar tomonidan maxsus lentalar kesildi va tashrif buyurgan mehmonlar yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi.