BAYRAMGABAG‘ISHLANDI

Tumandagi 68-son madaniyat markazi, «O‘tov» folklor etnografik  xalq havaskorlik jamoasi  tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasi bilan hamkorlikda 107-sonli «Bilimdon» nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda «Hilol» qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari  «Oltin tarvuz», «Zumrad va qimmat» nomli o‘zbek xalq ertaklari namoyish etdi. Kutubxona xodimlari o‘zbek va rus xalq ertaklarini o‘qib eshittirdi. Madaniyat markazi xonandalari kuy-qo‘shiqlar ijro etilib bolajonlarga bayram kayfiyati ulashdi. Iqtidorli, zukko bolajonlar she`rlar aytdi.