MATBUOT XABARNOMASI

“Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan Termiz shahridagi Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi yig‘ilishlar zalida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputatlari, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, tibbiyot xodimlari, ta’lim sohasi vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlarining rahbarlari, siyosiy partiyalarning vakillari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni va «O‘zbekiston–2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori loyihalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Abduraxmanov Abdurasul Nosirjon o‘g‘li kirish so‘zi bilan ochib berdi. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilganligi ishtirokchilarga yetkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib takliflar olish hamda olingan takliflarni regulation.gov.uz, jamoatchilik.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirishdan iboratdir.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan bir nechta takliflar berildi va ulardan fikr-mulohazalari olindi. Shundan «O‘zbekiston–2030» strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati, ayniqsa, mas’ul idoralar tomonidan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazorati kabi tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsadlarni to‘laqonli amalga oshirishda barchamizdan mustahkam iroda va qat’iy intizom, bor imkoniyatlarni to‘la safarbar qilish talab etiladi. Albatta, bunda har birimiz faol bo‘lishimiz, bir kuch, bir qudrat bo‘lib Yangi O‘zbekistonni barpo etishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.

Tadbirda bu strategiyani amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati, ayniqsa, mas’ul idoralar tomonidan yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazorati kabi tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘ngida Yangi O‘zbekiston-2030 strategiyasi ijrosini ta’minlashda barcha birdek mas’ul ekanligi va belgilangan maqsadlarga bu boradagi sa’y-harakatlarni birlashtirish orqaligina erishish mumkinligi haqida xulosa qilindi.

                                                             J. Aliyev,

“Yuksalish” umummilliy harakati viloyat hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi