Poliz ekinlari zararkunandasi Qovun pashshasiga qarshi kurashaylik!

O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 31-iyuldagi 150-b sonli buyrug‘iga asosan Respublika hududlarida yetishtirilayotgan poliz ekinlariga  jiddiy  zarar  yetkazib,  eksport hajmini kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan qovun pashshasi hamda madaniy o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan zarpechak, sudraluvchi kakra begona o‘tlariga qarshi ommaviy kurashni tashkillashtirish, shuningdek, bu haqda keng jamoatchilik orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarni olib borish maqsadida 2023-yil 31-iyuldan 18-avgustga  qadar  “Dolzarb o‘n besh kunlik” elon qilindi.

Quqo‘rg‘on tumanida “Dolzarb o‘n besh kunlik” bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Fermer xo‘jaliklarida, aholi tomorqalarida ekilgan qovun-tarvuz mahsulotlari karantin nazoratidan o‘tkazilib qovun pashshasi to‘g‘risida tushunchalar, qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Qovun pashshasi – tangaqanotlilar oilasiga mansub hasharot, qovoqdoshlarga mansub o‘simliklar (qovun, tarvuz, bodring, qovoq va b.) zararkunandasi. O‘rta dengiz atrofi, Osiyoda tarqalgan. Ichki karantin obyekti. Tanasining uzunligi 5–6 mm, och sariq, qanotlarida 3 ta sariq yo‘li bor. Urg‘ochilari tuxumlarini (120 tagacha) qovun gulbandlariga, o‘simlik poyalariga kesaklar ostiga yakka-yakka qilib qo‘yadi. 3-5 kun o‘tgach, oqish rangli lichinkalar tuxumdan chiqib qovun xamaklarini teshib kiradi va urug‘larini kemiradi. 10-15 kun qovun ichida yashagan katta yoshli lichinka qovunni teshib chiqib, tuproq tagida 5-7 sm chuqurlikda g‘umbakka aylanadi. Qovun pashshasining lichinkalari teshgan qovunlarda uzun chuqur yo‘llar paydo bo‘ladi va ular chiriydi. Qovun pashshasi 2-3 (5) km gacha uchib boradi, bundan tashqari, ular qovun mevalari bilan ham tarqaladi. 4-5 marta avlod beradi.

Kurash choralari: zararlangan qovunlar va o‘simlik qoldiqlari tezlikda yig‘ib, ko‘mib yuboriladi, yer kech kuzda chuqur haydaladi, qish oylarida sug‘orib muzlatiladi. Ekishdan oldin urug‘lar dorilanadi. Urug‘lar unib chiqishi, gullashi va xamaklash davrida insektitsidlar eritmalari purkaladi.

Oxirgi bir necha kun ichida O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilingan qovunlarda ikki marta qovun pashshasi topilgan.

Ular Petrozavodskka yuborilgan qovunlarining uchta partiyasida va Orenburgga jo‘natilganlarning bir partiyasida aniqlangan.

“Rosselxoznadzor”ning Shimoliy dengiz mintaqalararo boshqarmasi rasmiy bayonotiga ko‘ra, zararlangan mahsulotlar egalari ularni yo‘q qilishga qaror qilgan.

O‘zbekistondan olib kelingan yangi qovunlarni entomologik ekspertizadan o‘tkazishda umumiy hajmi 19426 tonna bo‘lgan partiyadan tanlab olingan qovunlarda qovun pashshasi topildi, – deb xabar qildi “Rosselxoznadzor” matbuot xizmati.

Qovun pashshasi nima?

Qovun pashshasi — ikki qanotli hasharotlar turkumiga mansub, qovoqdoshlarga mansub o‘simliklar (qovun, tarvuz, bodring, qovoq kabilar)ning xavfli zararkunandasi.

Bunday zararkunanda tarqalgan hududlarda ekinlarning shikastlanish darajasi juda yuqori bo‘ladi – hosilning yo‘qolish ehtimoli 20 foizdan 100 gacha.

 Hayot jarayonida hasharotlar pulpa va urug‘larga zarar yetkazadi, bu shikastlangan joylarda chirishning rivojlanishiga olib keladi, meva pulpasi elastikligini yo‘qotadi va yoqimsiz hid chiqara boshlaydi.Bozordan xarid qilgan qovunni oila davrasida dasturxonga tortay desangiz, ayrimlarining ichidan qurt chiqadi. Ilmiy tilda aytganda, qovun pashshasi bizning sharoitda mavsum davomida uch va undan ham ko‘p avlod qoldiradi.

Hasharot qish mavsumida 5-15 santimetr tuproq ostida soxta g‘umbak holida qishlaydi. May-iyun oylarida, ya’ni qovun palaklarining gullashi va meva tugishi davrida uchib chiqadi. Birinchi avlodning uchish muddati bir oy atrofida bo‘ladi. Pashsha qovun yoki tarvuzning yosh nihollari shirasi bilan oziqlanadi. Har bir yetilgan nasldan keyin zararkunandalarda yana 23-30 kundan so‘ng yana nasl paydo bo‘ladi. Bitta pashsha qovun po‘sti ostiga bir dona, hammasi bo‘lib 120 donagacha tuxum qo‘yadi. 3-4 kundan so‘ng tuxumdan qurt chiqib qovun (tarvuz)ning yumshoq qatlamiga ilonizi yo‘l qoldirgan holda kirib boradi va oziqlanadi. Qurt oq-sarg‘ish rangda bo‘lib, uzunligi 5-12 millimetr bo‘ladi. Qurt qovun ichida 10 kun atrofida yashagandan so‘ng u yerni tark etadi va 15 santimetr chuqurlikda, tuproq ichida g‘umbakka aylanadi. Oqibatda, qovunlar pishmasdan dalada chirib, aynib ketadi.

Bu hasharotga qarshi kurashda avvalo, agrotexnik tadbirlar sifatli o‘tkazilishi shart.Feromon tutqichlar yordamida hasharotlar borligini aniqlab olgandan so‘ng ruxsat etilgan insektitsidlar yordamida ishlov beriladi. Kurash chorasi sifatida ta’sir etuvchisi Lyambda-sigalotrin 100g/l bo‘lgan KORATEK PLYUS 10 % (1,2-1,5 l/ga) preparati nafaqat qovun pashshasi balki polizlardagi boshqa hasharot zararkunadalarga qarshi ham samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Qumqo‘rg‘on tumani O‘simliklar karantini  himoyasi bo‘limi  inspektorlari.