NAMUNALI MEHNAT YARMARKASI

Tumandagi to‘rtta sektor rahbarlari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Kerakli ko‘rgazmali vositalar, bukletlar, kompyuter jamlamalari bilan ta`minlandi.

Tumanda 459 ta bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lib ishga joylashtirish istagidagi fuqarolar ishga taklif etildi. Bunda ma`lumotli mutaxassislik bo‘yicha ish o‘rinlari 285 ta. Shundan 195 ta maktabgacha va maktab ta`limi, 88 ta sog‘liqni saqlash, ikkita moliya, bitta qurilish, bitta irrigatsiya sohalari uchun ish o‘rinlari mavjud. O‘rta maxsus ma`lumotga ega bo‘lganlar uchun 29 ta sog‘liqni saqlash sohasida va 81 ta xususiy korxonalarda qurilish ishlarida mehnat qilishga imkoniyat yaratildi. Keng miqyosda faoliyat yuritayotgan Enter enjineering kompaniyasining kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Fayzulla Qambarov Boysunda gazni qayta ishlah zavodiga, Xitoyning TENG DA GONG CHENG FU WU kompaniyasi rahbari Fayu Shin xonim, firma ish boshqaruvchisi A`zamjon Kushoqov, brigada rahbari Quvondiq Sadatov Qashqadaryo viloyati Nishon tumaniga quyosh panellari o‘rnatishga ishga qabul qilish uchun keldi.

Ular ishtirokida tumanimizda ishga joylashish niyatidagi fuqarolar bilan yig‘lish o‘tkazildi. Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi direktor o‘rinbosari Bobonazar To‘ranazarov yig‘ilishni boshqardi. Enter enjineering va TENG DA GONG CHENG FU WU kompaniyalari vakillari o‘zlari taklif qilayotgan ish joylari haqidagi ma`lumotlari va sharoitlari bilan tanishtirdi. Fuqarolar qiziqtirgan savollarini aytib, javoblarini tingladi. Bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qilayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashib, ishga yo‘llanmalarni oldi.

                                                                                   N. MUHAMMADIYEV