“MAHALLABAY” TIZIM NATIJALARI

Yo‘l-patrul xizmatida “Mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari Surxondaryo viloyati shahar, tumanlaridagi mahallalarda xizmatga jalb etilgan. Mahallalar hududlarida xavfsiz harakatni tashkil etishda salbiy ta`sir etuvchi holatlarni o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirayapti. Avtomobil yo‘llaridagi oqava tarmoqlari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, sifatli xizmat ko‘rsatish, yo‘lga yaqin xonadonlardagi aholining yo‘l harakati qoidalariga amal qilinishi kabi zarur talablarning bajarilishini nazorat qilayapti.

                                                             Davron CHORIYEV,

Qumqo‘rg‘on tuman MXMKGB inspektori, katta serjant