O‘tkir ichak infeksiyasi

O‘tkir ichak infeksiyalarini  har-xil mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan  keng tarqalgan va  ich ketishi, organizmda zaharlanish, suvsizlanish  bilan ta’riflanadigan kasallikdir. O‘tkir ichak infeksiyalari – eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan bo‘lib, grippdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi,  bu kasalliklar issiq iqlim sharoitida  ayniqsa ko‘p uchraydi. Shu bilan birga bu kasallik  bilan 2-7 yoshdagi bolalar ko‘plab kasallanadi.

O‘tkir ichak infeksiyasi  bilan og‘rigan bemorga, bakteriya tashib yuruvchi sog‘lom odam va hayvonlar kasallik manbai bo‘lishi mumkin.

Solmanilyoz va  irsinilyoz  kasalligida infeksiya manbai uy hayvonlaridir. Bolalarda stafilakkok intoksikasiyalarda  infeksiya manbai odam va hayvon bo‘lib hisoblanadi.

O‘tkir ichak infeksiyalari fekal – orol yo‘l bilan yuqadi va tarqaladi. Odam  organizmiga ular bilan birga mikroblar  va ularning toksinlari kirishi natijasida  vujudga keladigan kasalliklarni ovqat toksik infeksiyalari deb yuritiladi.  Solmanilyozlar asosan go‘sht va go‘sht mahsulotlari orqali organizmga kiradi kasallik belgilarini namoyon qiladi. Yuqorida qayd etilgan o‘tkir diareya, solmanellyoz, irsenioz, tif-paratif kasalliklarining barchasi o‘tkir ichak infeksiyalarini tashkil qiladi.

Yuqish yo‘llari har-xil bo‘lib ifloslangan suv, sut va sut mahsulotlarini pishirib tayyorlab qo‘yilganda sovuqlik rejimiga rioya qilmaslik hamda go‘sht, baliq,  sabzavot va boshqa mahsulotlarini sifatsiz saqlash natijasida  yuqadi. Bu kasallik  og‘iz orqali sifatsiz mahsulotni ist’emol qilganda va xonadonida muloqatda bo‘lganlarga ham yuqishi  mumkin. O‘tkir ichak infeksiyalari   yoz-kuz mavsumlarida ko‘p uchraydi va  tarqalishiga qulay sharoit tug‘iladi. Bunda uy pashshasi  ham juda katta rol o‘ynaydi. O‘tkir ichak infeksiyalarining bolalar orasida ko‘plab qayd etilishining  sababi  organizmida himoya qiluvchi kuchlari hali biroz ojizroq bo‘ladi.

Yosh bolalar shaxsiy gigiena qoidalariga ota-onalar tomonidan yetarlicha rioya qilmaydi. O‘tkir ichak infeksiyalarini  qo‘zg‘atadigan bakteriyalar  oziq-ovqat mahsulotlarida va odam organizmida yashar ekan  u o‘zidan zahar  ajratadi va  organizmni zaharlaydi. Og‘iz orqali kirgan mikroblar medadan ingichka ichak va yo‘g‘on  ichakka o‘tadi, ular parchalanganida ham zaharlar ajratib chiqaradi va zaharlari  ichak shilliq pardasini yallig‘lantiradi, buning natijasida esa ichak funksiyasi buzilib sutka davomida 3-4-martadan suyuq ich ketish, bazida yiringli, qonli ajratmalar qayd etiladi.

Bemorlarda kasallikning kechishi umumiy intoksikasiya sindromi  et uvishib qaltirash, isitma,  darmonsizlik, a’zoiy badani qaqshab og‘rishi, bosh og‘rig‘i va  qusish, ishtahaning bug‘ilishi kabi klinik belgilar namoyon bo‘lganda ota-onalar befarq bo‘lmasligi zarur.

Bemor haroratining qanchalik baland bo‘lishi va qancha vaqt davom etishi kasallik chaqiruvchisining turiga va toksigenlik hususiyatiga bog‘liq.

Kasallikning oldini olishda ovqatlanishdan oldin, hojatxonadan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuvish, to‘y – maraka va ommaviy tadbirlarda shaxsiy qo‘l ro‘molchadan foydalanish, ob-havoning isib ketish natijasida ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun ochiq suv havzalaridan suv iste`mol qilmaslik, yosh bolalarni nazoratsiz ko‘chaga chiqishlariga va to‘g‘ri kelgan joyda cho‘milishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Bundan tashqari ota-onalar tomonidan 1-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dehqon bozorlarida, ko‘chalarda sifati kafolatlanmagan qo‘lda tayyorlangan salqin ichimliklar, sharbatlar, ayron va boshqa tez buzuluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.  Uy sharoitida bola parvarishida doimiy qaynatilib sovutilgan suvni iste’mol qilishni yo‘lga qo‘yish, ko‘krak suti bilan boquvchi onalar emizishdan oldin o‘zi qo‘l gigienasiga rioya qilishi, sovutgichda uzoq vaqt saqlangan taomlarni yedirmaslik hamda qo‘shimcha ovqatlarga o‘rgatilgan bolalarga mo‘ljallangan ovqatlarning saqlanishi, sifati va yaroqlilik muddatiga e’tibor berish, bolalarga xom sutni qaynatmasdan berish mumkin emas.

Har bir ota-ona 1-6 yoshgacha bolada ich ketish holati kuzatilganda zudlikda yashash hududidagi oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat qilishi lozim va tuzli eritmalar vrach tavsiyasiga asosan ichirilishi kasallikning yengil o‘tishi va tez tuzalishiga yordam beradi. Vrach ko‘rsatmasiga asosan uy sharoitida tuzli eritmalarni ichish tartibiga ota-onalar rioya qilishlari zarur, shundagina o‘tkir ichak infeksiyalarini shifoxona sharoitida davolashga zarurat qolmaydi.

              E. Hurramov,

               CH. Pardaev,

tuman SEO va JSB epidemiologiya bo‘limi vrach epidemiologlari