Aholi murojaatlari doimiy e`tiborda

Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasiga 2023 yil 6 oyi mobaynida 1441 ta murojaatlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 1079 tasi yoki 97.91% qanoatlantirilgan. Qayd etilgan murojaatlarda eng ko‘p Ish bilan ta’minlash, maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish, chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, elektr tarmoqlari uskunalari (simyog‘och ustun, transformator punkti) ta’mirlash va o‘rnatish, firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha, aliment undirish hamda ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.

Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlarning hal qilinishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirilib borilmoqda.

2023 yil 6 oyi mobaynida Qumqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi tomonidan 83 ta murojaatlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning barchasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ijobiy hal etildi.

Misol uchun, 2023 yil 4 Aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasiga Qumqo‘rg‘on tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi Amonov Abdug‘ani moddiy yordam olishda amaliy yordam  so‘rab qilgan murojaati joyida ijobiy hal etilib, tuman Xalq qabulxona sa`y-harakati  bilan 1.500 000 (Bir million besh yuz ming) so‘m moddiy yordam olib berilib murojaati ijobiy hal etildi.

2023 yil 27 Iyun kuni O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasiga Qumqo‘rg‘on tumani Guliston mahallasida yashovchi Abdiraimov Shuxrat MFY dagi haq to‘lanadigan jamoat ishiga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganilib,  tuman Xalq qabulxonasi sa`y-harakati bilan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan ijobiy hal etilib MFY dagi jamoat ishiga joylashtirildi.

2023 yil  5 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasiga Qumqo‘rg‘on tumani Boymoqli  mahallasida yashovchi Xalilov O‘rol bir dona maishiy gaz ballon  olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganilib, tuman Xalq qabulxona sa`y-harakati bilan tuman Gazta`minoti bo‘limi tomonidan bir dona maishiy gaz ballon berilib murojaati ijobiy hal etildi.

                                                            I. Umarov,

  Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mutaxassisi