Tug‘ruq ta`tiliga chiqqan xodimga bayram pullari to‘lanadimi?

Qonunchilikda bolnichniydagi, har yilgi mehnat ta’tilidagi, homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi, bola parvarishlash ta’tilidagi xodimlarga bayram puli berilmasin degan to‘g‘ridan to‘g‘ridan taqiq mavjud emas.

MK 246-moddasiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lash tizimlari, shu jumladan tarif stavkalari, maoshlar, kompensatsiya xususiyatiga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, shu jumladan normal sharoitlardan chetga chiquvchi sharoitlardagi ish uchun shunday qo‘shimcha to‘lovlar hamda ustamalar miqdorlari, rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar tizimlari hamda mukofotlash tizimlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilanadi.

Demak, agar jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda alohida holatlar belgilanmagan bo‘lsa homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi (MK 404-moddasi) yoki bolani ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tillaridagi (MK 405-moddasi) xodimlarga ham bayram puli beriladi.

Diqqat! Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida (intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak MK 315-moddasi) xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari  qo’llanilmaydi.           

                                                    Sanjar Yusupov,

                                                         DXM xodimi