Deputatlar tomonidan o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Mamlakatimizda 2023-2024 o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Umumta’lim maktablarida esa jarayonlarga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.

Tuman Kengashi deputatlari ishtirokida joylarda olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish ishlari o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.