Erkaklarning armiyada xizmat qilgan yillari ish stajiga qo‘shiladimi?

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonunining 37-moddasi “b” bandiga muvofiq harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilishi mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markaz bosh yuriskonsulti Mamatov Faxriddin.