Kimlarga avtomabil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi?

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 30 oktabrdagi 223-son qaroriga
1-ilova bilan tasdiqlangan “Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga egadir:

urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;

mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;

I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Ushbu kompensatsiyani olish uchun yuqorida keltirilgan toifadagi shaxslar yengil avtomobil, motoaravacha yoki motosiklga ega bo‘lishi hamda undan foydalanayotgan bo‘lishi kerak.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markaz bosh yuriskonsulti Mamatov Faxriddin.