2030 yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar    to‘liq ta’mirlanadi – Shavkat Mirziyoyev

“Har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish uchun ijodiy buyurtma berilib, mualliflarga 100 million so‘mdan qalam haqi to‘lanadi. Bu kitoblar 20 ming nusxadan nashr qilinib, maktablar va kutubxonalarga bepul beriladi. Bunga har yili 200 milliard so‘m yo‘naltiramiz. Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi. Umuman, 2030 yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq ta’mirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard so‘m ajratamiz”, – dedi nomzod.

                                                                                                                          B. JO‘RAYEV,

                                                                                                       tuman Kengashi deputati