SOG‘LOM AQL – PORLOQ KELAJAK

Tuman hokimligi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi, tuman Nuroniy jamg‘armasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorlikda Qo‘mqo‘rg‘on tuman iztisoslashtirilgan maktabida “Jaholatga qarshi ma`rifat” deb nomlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Tuman Ma`naviyat va ma`rifat bo‘linmasi rahbari Shohruhmirzo Mamadiyev yoshlar ishtirokidagi davra suhbatini boshqarib, jaholat nima, unga qanday qilib ma`rifat bilan kurashish zarurligi, har qanday diniy ekstremistik oqimlarning  g‘oyalariga aldanmay, bilim o‘rganishga e`tiborni qaratdi. Videorolik namoyish qilinib, yoshlarga Prezident iqtiboslari, yurtimizda mashhur bo‘lgan shaxslarning dono maslahatlari eshitirildi, ayrim salbiy holatlarning oqibatlari ko‘rsatildi. Jumladan, shukronalik hamma mahallalarda bo‘lishi kerakligi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ulug‘ allomalar yetishib chiqqanligi, radilkalizmga qarshi kurashish, yoshlar ongini yaxshi saqlash, ma`rifat o‘rnini jaholat egallamasligi, tinchlikning qadriga yetish, tinchlik tuvayli yurtimizda to‘ylar, bayramlar bo‘ladi, ma`rifat rivojlanadi, degan mazmunli fikr-mulohazalar o‘rgatildi.

Tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi Boymurod Abdumo‘minovga so‘zlash navbati berildi. U ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchi yoshlari bilimlarni chuqur o‘rganib, munosib farzandlar bo‘lib ulg‘ayishi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik, boshqalarni, ukalari va singillarini ham ma`rifatga, yaxshi va ishonchli yo‘lga boshlashi haqida gapirdi. Yaqinda Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga kelgan chog‘idagi topshiriqlariga asosan suvga e`tiborli bo‘lish, ichimlik suvi quvurlaridagi jumraklarni ochiq holda qoldirmaslik, suvni isrof qilmaslik, To‘palang suv omboridan suv quvurlari o‘tkazilib viloyatimizdagi to‘rtta tumanga, Qumqo‘rg‘onga suv kelganligi, quvurlarga ulansa iste`molchilarga yetib borishi haqida so‘zlab berdi.

Tuman hokimligi bosh mutaxassisi Jo‘rabek Boboyev yoshlarga ibrat bo‘ladigan ezgu fikrlarni, befarqlik, loqaydlik, ilmsizlik, ertangi kunni o‘ylamaslik oqibatida salbiy oqimlarga tushub qolmaslikni rasmlarni ko‘rsatib tushuntirdi. Jumladan, ota-onalar farzandlariga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, ularni ezgu maqsadlar bilan o‘qitayapti, tarbiyalayapti, yedirib, kiyintirayapti, bunday oliy himmatlilikning natijasi yaxshi bo‘lishi, zamonaviy ta`lim dargohida oqishning qadriga yetish, ma`rifatli bo‘lish, yomon yo‘lga kirmaslik, telegram, instagramga kirganda kerakli ma`lumotlarni olish, internet, youtube kabi vositalar ham dunyoqarashni buzayotganligi uchun foydalanmaslik zarurligini aytdi.

Tumanda yosh avlodni kamolga etkazish uchun ta`lim-tarbiya jarayonlari davom etmoqda. O‘g‘il-qizlarning dunyoqarashini rivijlantirishga, ma`rifarli bo‘lishiga, kelajakda munosib kadr sifatida etishishiga hamma mas`yliyat bilan yondoshishi va o‘z insoniy burchlarini bajarishi zarur. Shunda yoshlar jamiyatga munosib bo‘lib voyaga yetadi.

                                                                   A.                 KARIMOV,

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi