Yoshlar- imkoniyatlarimiz debochasi

Qumqo‘rg‘on tumanida » «Baraka» savdo majmuasida  30- iyun Yoshlar kuni munosabati bilan bayram dasturi o‘tkazildi. Tadbirda  tuman hokimi A.Normamatov Muhtaram Yurtboshimizning yoshlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Yil davomida ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan yoshlar yetakchilariga tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.