So’nggi vaqtlarda O‘zbekistonda yo‘l – transport hodisalari sonini kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha hududlarda «Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi» shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash faqat mutasaddi shaxslar va idoralarning mas’uliyati emas. Bu umumiy vazifamiz. Qumqo‘rg‘on tumanida Yo‘l – transport hodisalari sonini kamaytirish hamda oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarga Respublika yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘lim boshlig‘i, mayor Xotamjon Sodiqov, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati jamoat xavfsizligi xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor G‘ayrat Turdiyev, tuman hokimi o‘rinbosari J. Shopo‘latovlar ishtirok etishdi.
N. Bekmatov,
tuman IIB JXX YHXG katta inspektori, kapitan