Hurmatli tumanimiz aholisi va mehmonlar diqqatiga!

2023 yilning 1-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Respublikamiz hududida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda. Bunda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, jumladan, yong‘inlar, aholining sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishlari hamda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va Fuqaro muhofazasi tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsad qilindan. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Tashkilotlar va korxonalarda furaro muhofazasi haqida davra suhbatlari o‘tkazilib, eslatmalar tarqatilayapti. Ko‘rgazmali vositalar ko‘rinarli joylarga ilinib, fuqarolarga hodisalarning oldini olish tushuntirilmoqda.

                                                                                                      R. ARTIQOV,

                                                                                             tuman FVB xodimi