“YANGI AVLOD” MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH CHORALARI KO‘RILDI

 Tumandagi 51-maktab hovlisida  tashkilotlar va korxonalar rahbarlari ishtirokida “Yangi avlod” mahallasidagi fermer xo‘jaliklari, 51-maktab, fuqarolarining soliq qarzdorligi haqida seminar o‘tkazildi. Tadbir viloyat hokimining tumandagi 4 ta og‘ir mahalla bo‘yicha topshirig‘iga asosan amalga oshirildi.

Tuman hokimi Anvar Normamatov “Yangi avlod” mahallasida amalga oshirilgan ishlarning bajarilishining ahvolini hujjatlar asosida tahlil qildi. Bu mahalla hududida soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik ko‘p miqdorni tashkil etmoqda. Aholining meva-sabzavotlari pishib, dehqon bozorlarida sotmoqda. Fermerlar g‘allasini qabul qilish punktlariga topshirib, daromad topmoqda. Maktabda esa budjetdan mablag‘ olishiga qaramasdan soliq to‘lovida qarzdorligi mavjud. Qonunlarda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish har bir fuqaro, fermer, tashkilot va korxona rahbarining burchi.  Eng og‘ir mahallalar qatoridagi “Yangi avlod” mahallasida soliq qarzdorligini bartaraf etish, cho‘l yerda bunyod etilgan maktab hovlisini saronjom-sarishta qilish, mahalla va ko‘chalarni obod qilish, kompleks obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni taqozo etmoqda. Tuman hokimligi tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, mahalla faollari bilan birgalikda bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.

“YOSHLAR DAFTARI” DAGI YOSHLARGA  YER BERILDI

Yoshlarning bandligini ta`minlab manfaatdor qilish va kambag‘allikdan chiqarish dolzarb masala hisoblanadi. Buning imkoni bor. Hozir aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etayotgan paytda ularni foydali mehnatga jalb qilish yaxshi samara berdi. Shuning uchun “Yangi avlod” mahallasida ”Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. 15 nafar “Yoshlar daftari”dagi ro‘yxatda qayd etilgan azm-u shijoatli yoshlarga g‘alladan bo‘shagan yerlar takroriy ekin ekish uchun berildi. Shu o‘rinda shuni ta`kidlash kerakki, yoshlarga berilgan yerlar avvaldan shudgorlanib, agatlar olindi. Ekish uchun urug‘ berildi. Bunday g‘amxo‘rlikdan ruhlangan yoshlar ajratilgan yer maydonlarida ekish ishlarini boshladi.

                                                                                               N. MUHAMMADIYEV