O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yahshilash, jahon amaliyotida umum qabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro reytingini yanada oshirishni ta’minlash bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi qabul qilingan.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda «bir darcha» tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur`atlarda amalga oshirilmoda.
Ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish, maksimal darajada qulay investitsiya iqlimini yaratish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oydinligini oshirish, shu asosda tadbirkorlik faoliyatini yuritish sharoitlarini tubdan yaxshilash, yangi ish joylarini barpo etish va iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini oshirish maqsadida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida chop etilmagan ularning tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan me`yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlari talablarini buzish holatlari uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralari qo’llash taqiqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan me`yoriy-huquqiy hujjatlar ular rasman chop etilgan fursatdan boshlab, uch oydan oldin bo‘lmagan muddatda kuchga kiritiladi.
SH. ALLAYOROV,
Qumqo‘rg‘on tuman statistika bo‘limi boshlig‘i