Hokim va tibbiyot xodimlari uchrashuvi

Davlatimiz rahbarining tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, tizimdagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinib, sohani rivojlantirish, shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalish belgilab bergan edi. Ana shu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni o’rganish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek uchrashuv davomida tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarni tuman hokimi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklab estalik sovg‘alarini topshirdi.